AQShning shimoli-sharqiy qismida bo`ron, ayoz, qor yog`ishi va noodatiy past haroratlar bilan kechayotgan yomon ob-havo oqibatida halok bo`lganlar soni 19 kishiga etdi, deb xabar berdi Oko-planet.su nashri.
Aksariyat odamlar yo`l-transport hodisalari yoki sovqotish oqibatida halok bo`lgan. shimoli-sharqiy shtatlarning 100 mingdan ko`proq aholisi kuchli shamol va qor tufayli elektr ta`minotisiz qolgan.
Sovuq ob-havo sababli Amtrak transport kompaniyasiga tegishli, Mayamidan Nyu-Yorkka ketayotgan yo`lovchi poezdining uchta vagoni relslardan chiqib ketgan. Bunga relslarda muzlab qolgan, yo`nalishlarni o`zgartirish strelkasi sabab bo`lgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo yomon ob-havo sababli favqulodda vaziyat tartibi kiritilishini e`lon qildi.
Ba`zi hududlarda 30 sm gacha qor yoqqan. Ob-havo mutaxassislarining ma`lumotiga ko`ra, shunday sovuq harorat dam olish kunlari ham saqlanib qoladi.