AsosiyJamiyat

BOYSUN-FARM” EIZDA QO`Y JUNIDAN INSON UChUN FOYDALI MODDA OLINADI

'BOYSUN-FARM” EIZDA QO`Y JUNIDAN INSON UChUN FOYDALI MODDA OLINADI'ning rasmi

«Boysun-farm» erkin iqtisodiy zonasida qo`y junidan farmasevtika sanoati uchun noyob xom ashyo — lanolin substansiyasini ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

«Boysun-farm» erkin iqtisodiy zonasi rahbari M.Ochilovning so`zlariga ko`ra, bu modda sanoqli davlatlardagina ishlab chiqariladi. «Boysun tumanida ham sifatli, arzon lanolin substansiyasini ishlab chiqarish uchun etarli xom ashyo mavjud», — deydi zona rahbari.

Ma`lumki, qo`y terisi ostidagi bezlar nafaqat yog`, balki yog`simon modda – lanolin ham ishlab chiqaradi. Teri ustiga chiqqan yog` orqali ushbu modda qo`y juniga yopishadi. Maxsus texnologiya yordamida yuvilgan jundan lanolin ajratib olinib, hidini ketkazish uchun qayta ishlov beriladi.

Xorijda bu jarayonni yaqindan o`rganib kelgan o`zbekistonlik tadbirkorlar Boysunda zamonaviy texnologiya o`rnatish istagini bildirgan. Hozirda uning biznes-loyihasi tayyorlanmoqda. O`zAning yozishicha, bu chiqitsiz texnologiya bo`lib, lanolini ajratib olingan jundan xalq xo`jaligi uchun kigiz to`qiladi.

«Mutaxassislarning fikricha, lanolin inson terisiga tez shimilish xususiyati bilan farmasevtika va parfyumeriya sanoati uchun zarur xom ashyo hisoblanadi. Shu bois undan farmasevtikada shamcha va surtmalar tayyorlashda biriktiruvchi modda sifatida keng ishlatiladi», — deb yozadi agentlik.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar