AsosiyJamiyat

ERTAGA QOR VA YoMG`IR YoG`IShI KUTILMOQDA

'ERTAGA QOR VA YoMG`IR YoG`IShI KUTILMOQDA'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 8 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yomg`ir va qor yog`ishi mumkin. Kechasi 0 - +2 daraja, kunduzi +6 - +8 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi -5 - 0 daraja, kunduzi 0 - +5 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir va qor yog`ishi mumkin. Kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +3 - +8 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir va qor yog`ishi kutilmoqda. Kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +3 - +8 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir va qor yog`ishi mumkin. Kechasi 0 - +5, kunduzi +3 - +7 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2 - +3 daraja sovuq, kunduzi +3 - +8 daraja iliq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, yomg`ir va qor yog`ishi mumkin. Kechasi -3 - +2 daraja, kunduzi -3 - +2 daraja sovuq bo`ladi. Nurafshonda esa kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +3 - +8 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

    Boshqa yangiliklar