AsosiyDunyo

FANTASTIKA: JORJ MARTIN ASARI BO`YIChA YaNA BIR SERIAL SURATGA OLINADI

'FANTASTIKA: JORJ MARTIN ASARI BO`YIChA YaNA BIR SERIAL SURATGA OLINADI'ning rasmi

Jorj Martinning muhlislarini syurpriz kutmoqda, deya xabar bermoqda Vesti.ru nashri.

“Taxt o`yinlari” muallifining asari bo`yicha yana bir serial suratga olinadi.

Bu safar tomoshabinlar fazo haqidagi fantastik trillerni ko`rishga musharraf bo`ladilar. Ushbu serial ilk bor 1980 yilda e`lon qilingan “Tun aro parvoz etuvchilar” novellasi syujetiga ko`ra suratga olinadi. Asarda Erdan tashqarida bo`lgan sivilizasiya topish umidida Quyosh sistemasining chegarasiga yo`l olgan olimlar guruhi hamda telepat haqida so`ylanadi. Parvoz davomida fazo kemasida g`alati hodisalar ro`y bera boshlaydi.

Serialni yaratishda Universal Cable Productions studiya hamda Netflix kanali ishtirok etishi kutilmoqda. Bosh qahramon ayol obrazi – doktor Agata Metsonni Gretxen Mol ijro etadi. Aktrisa “Yashirin saltanat” serialidagi Jillian Darmodi roli orqali tanish. Shuningdek, serialda Ouen Meken, Devid Ajala, Sem Strayk, Mayya Eshet, Engus Sempson, Jodi Terner-Smit va Brayan F. O’Birnlar suratga tushishadi.

    Boshqa yangiliklar