AsosiyShou-biznes

ASILBEK YIQILGANINI TAN OLDI!

'ASILBEK YIQILGANINI TAN OLDI!'ning rasmi

O`zining antiqa raqslari va sehrli ovozi bilan e`tiborni tortgan Asilbek AMANULLOH o`tgan yili “San`atni tark etaman, ko`nglim halovat istaydi” degan e`lon bergan edi. Bu qarorini sababi va ko`p o`tmay nega yana ortga qaytib kuylay boshlaganini bilish maqsadida o`zi bilan bog`landik.

Asilbek AMANULLOH: — Rostdan ham san`atdagi faoliyatim tugadi, deb o`ylagandim. Yiqilishni ko`tarolmaydigan odamman. Muxlislar e`tiboriga tushib, qo`shiqlaringiz xit bo`lgan davrda yashagan odamning kundan-kun cho`kib borishi qiyin bo`larkan. Shuni ko`tarolmadim. Qo`shiqlarimga ishlangan kliplarim televidenieda ketmadi. Tanqidlar, noo`rin fikrlar, xullas, bari qattiq ta`sir qilgandi. Biroq istaklarim imkoniyatlar bilan bir-biriga mos kelmay qoldi. To`g`ri, o`zimga yarasha muxlislarim bor. Ammo san`atimning barcha qirralarini xalqqa havola etib bo`lmasligini bilmasdim. Kliplarda raqs tushib kuyladim, ammo oynai jahonga olib chiqishga ruxsat tegmadi. Balki yosh, qiziqqon bo`lganim uchun chindan ham harakatlarim qolipdan chiqib ketgandir. Buni endi tushunib etayapman. “San`atdan ketaman” deganimda, atrofimdagi o`zimdan katta insonlar tanbeh berib, yo`l-yo`riq ko`rsatishdi. Niyatim, ashadiy muxlislarim uchun ijoddan to`xtamaslik. Ular uchun bugun izlanaman, yangilik yarataman.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar