O`zgidromet ma`lumotiga asosan, 11, 12 va 14 yanvar kunlari Qamchiq dovonida qor yog`ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Xabarga ko`ra, shuningdek, tuman tushib ko`rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamol tezligi 22-25 m/s gacha kuchayishi, yo`llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo`lning muzlashi ham kutilmokda.
"Qamchiq dovoni orqali vaqtincha harakatlanmaslikni tavsiya etamiz", deyiladi xabarda.
Ma`lumot berilishicha, Qamchiq dovonida bugun soat ob-havo o`zgaruvchan bo`lib, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi, tuman tushishi mumkin.






