AsosiyDunyo

BERLINDA QAMOQDAN QOChGAN MAHBUS O`ZI QAYTIB KELDI

'BERLINDA QAMOQDAN QOChGAN MAHBUS O`ZI QAYTIB KELDI 'ning rasmi

Berlinning “Tegel” qamoqxonasida qotillik uchun jazo muddatini o`tayotgan axloq tuzatish muassasasidan qochib ketib, yana o`zi qaytib keldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Nashrning ta`kidlashicha, qotillik uchun jazo muddatini o`tayotgan mahbus ish vaqtida joyidan ketib qolib, o`zi qaytib kelgan. Mahbus 6 yanvar kuni qamoqxonaga qaytishi lozim edi, biroq vasiysiga qamoqxonaga qaytib borish niyati yo`qligi haqida SMS xabar yubordi. U bir soat kutgandan keyin polisiyaga xabar berdi.

Mazkur vaqt davomida huquq-tartibot idorasi xodimlarining yordami kerak bo`lmadi. 7 yanvar kuni mahbus o`z oyog`i bilan qamoqxonaga qaytib keldi. Polisiyachilar mahbusning beso`roq o`z joyini tashlab ketishini qochoqlik emas, deb hisoblashdi. Mahbus bu vaqt mobaynida nima bilan shug`ullangani ma`lum qilinmadi.

    Boshqa yangiliklar