AQSh prezidenti Meksika bilan chegarada devor qurishning dastlabki bosqichini moliyalashtirish uchun kongressdan 18 milliard dollar ajratishni so`ramoqda.
Bu haqda “The Washington Post” nashri ma`lum qildi. Agar qonun chiqaruvchilar tomonidan mazkur taklif ma`qullansa, mablag` 508,6 kilometrlik qo`shimcha devorni qurish, mavjud 655 kilometrlik to`siqni mustahkamlashga sarflanadi. 2028 yilgacha g`ovlarning yarmidan ko`pi barpo etiladi. Xabaringiz bor, devor qurish meksikalik muhojirlarning chegarani noqonuniy buzib o`tishi va boshqa salbiy holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu esa Donald Trampning saylovoldi dasturidan o`rin olgan asosiy va`dalaridan biridir.






