Qirg`izistonda 2018 yil yil 1 yanvardan boshlab farzand tug`ilganligi uchun suyunchi puli to`lash to`g`risidagi qonun kuchga kirdi.
Bu haqida “24.kg” sayti xabar berdi. Mukofot pulining qiymati 4 ming som etib belgilangan. Tog`li hududlar uchun esa mazkur miqdor 6 ming somni tashkil etadi.
Mamlakat sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, joriy yil boshidan buyon Qirg`izistonda 311 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ularga davlat byudjetidan 1,2 million somlikdan ziyod suyunchi pullari to`langan. Shuningdek, voyaga etmagan bolalari bor kam ta`minlangan yosh oilalar uchun har oy beriladigan yordam puli ham saqlab qolingan.






