2015 yilning yanvar oyida Avstraliyada Osiyo kubogi-2015 musobaqalari bo`lib o`tadi.
Ushbu musobaqada O`zbekiston milliy terma jamoasi ham qatnashishi haqida xabaringiz bor. Osiyo futbol konfederasiyasi saytida Kubok uchrashuvlariga kirish chiptalari narxlari ma`lum qilindi. Unga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi guruh bahslari uchrashuvlarga kirish chipta narxlari 5 dan 30 AQSh dollarigacha belgilangan. Ushbu narx qolgan terma jamoalar uchrashuvlarda ham o`rnatilgan. Faqatgina Avstarliyada terma jamoasi ishtirokidagi guruh bahsi uchrashuvlari narxi 34 dan 149 AQSh dollarigacha etib belgilangan.
Shuningdek, chorak final uchrashuvlari chiptasi - $14,50dan $69 gacha, Australia Stadium stadionida bo`lib o`tadigan yarim final uchrashuvlari chiptasi $24,50 dan $99 gacha, Newcastle Stadium stadionidagi yarim final uchrashuvi uchun chipta narxi esa $14,50 dan $69 gacha etib belgilangan.
3-o`rin uchun kechadigan uchrashuv chiptasi $14,50 dan $69 gacha baholandi. Final uchrashuvi uchun chiptalar $39,50 dan $149 gacha sotiladi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi B guruhidan chiqish uchun Saudiya Arabistoni, Xitoy, Shimoliy Koreya terma jamoalari bilan kurash olib boradi.