AsosiyDunyo

KIM ChEN IN "O`TMIShNI UNUTIB" JANUB BILAN ALOQALARNI YaXShILAShNI BUYuRDI

'KIM ChEN IN "O`TMIShNI UNUTIB" JANUB BILAN ALOQALARNI YaXShILAShNI BUYuRDI'ning rasmi

KXDR etakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratilishi zarurligi haqida bayonot qildi, deb xabar berdi Koreya markaziy telegraf agentligi.


Kim Chen Inning fikricha, ikki mamlakat yarashuvi - bu koreys millatining ichki masalasi, shu bois, Pxenyan va Seul boshqa davlatlarga yordam so`rab murojaat qilmasligi darkor

"Shimol va Janub o`tmish bilan bog`lanib qolishi kerak emas. O`rtadagi munosabatlarni yaxshilash, Janub va Shimol qo`shilishi masalasida ilg`or qadamlarni qo`yish shart", — deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, bu erda gap Pxenyan va Seul o`rtasidagi munosabatlar normallashuvi haqidagina emas, balki millat yarashuvi va birikishi haqida ham bormoqda.

Ushbu yo`nalishda ikkiyoqlama harakatlar orqaligina natijaga erishish mumkin, deb qayd qilingan bayonotda.



    Boshqa yangiliklar