AsosiyDunyo

OPRA UINFRI AQSh PREZIDENTLIGIGA O`Z NOMZODINI QO`YIShNI REJALAShTIRDI

'OPRA  UINFRI  AQSh  PREZIDENTLIGIGA  O`Z  NOMZODINI QO`YIShNI  REJALAShTIRDI'ning rasmi

Amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri 2020 yilgi saylovda AQSh prezidentligiga nomzodini qo`yishi mumkinligi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi Iz.ru nashri.

CNN telekanalining xabar berishicha, boshlovchining yaqinlari bir necha oydan beri u bilan saylovda ishtirok etish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Uinfri «Oltin globus» mukofotini topshirish marosimidagi chiqishida ham bunga shama qilgan. Opra Uinfrining vakili esa mazkur mavzuga izoh berishdan bosh tortdi.

Ma`lumot uchun, Opra Uinfri 2017 yil oxirida AQShdagi «qo`llab-quvvatlanish reytingi»da birinchi uchlikka kirgan edi.

    Boshqa yangiliklar