Maktab direktorlarini kaltaklagan Sayxunobod tuman hokimi Nosirjon Egamberdiev o`z xohishiga ko`ra lavozimini tark etdi.
Maktab direktorlarini kaltaklagan Sayxunobod tuman hokimi Nosirjon Egamberdiev ishdan bo`shash to`g`risida ariza yozdi, deya ma`lum qildi tuman va viloyat ma`muriyati vakillari «Gazeta.uz"ga.
Ayni paytda prokuratura xizmat tekshiruvini olib bormoqda.Sayxunobod tumaniga Mirzaobod tumanining sobiq hokimi Botir Mirzaqulov rahbar lavozimiga tasdiqlangan. O`z navbatida Mirzaobod tumaniga Sirdaryo viloyati prokuraturasining qishloq xo`jaligi sohasida qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazorat bo`limining sobiq boshlig`i Hamidulla Abdullaev hokim bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, Nosirjon Egamberdiev mazkur lavozimda 2016 yil oktyabridan buyon faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi. Sentyabrda internet tarmog`ida hokimning mahalliy maktablar direktorlarini haqoratlab, kaltaklagani tasvirlangan videorolik e`lon qilindi.






