AsosiyJamiyat

ASKAR ONALARIGA EHTIROM

'ASKAR ONALARIGA EHTIROM  'ning rasmi

Samarqandda Vatan himoyasiga bel bog`lagan o`g`lonlarning onalar va ularning Samarqanddagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan askar o`g`illari diydorlashdilar.

Harbiy xizmat yoshlarimiz uchun nafaqat konstitusiyaviy burch, balki yuksak shon-sharaf ishiga aylanib, ota-onalarda farzandlaridan iftixor tuyg`usini kuchaytirmoqda. Buni Registon maydoniga yig`ilgan har bir ona va askarlarnining yuzidagi quvonchdan bilish mumkin edi.

Tadbirda O`zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo`limi a`zolari va musavvirlar askarlar va ularning onalari suratini chizib, sovg`a qildilar.

Onalar askar farzandlari hamrohligida Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarni ziyorat qilib, harbiylarni sharaflashga bag`ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

Maxsus muxbir

M.Nurmuhammedova

    Boshqa yangiliklar