O`zbekiston Respublikasi IIV Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati ning yozishicha, 2018 yilning 5 yanvar kuni Nukus shahrida yashovchi E.M. uyining hovlisida turgan «Neksiya» rusumli avtomobilda elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lgan.
Natijada hovlida turgan «Neksiya» va «Damas» rusumli avtomobillar hamda uyning 76 kv. m. maydonda tomi, shift qismi, uy jihozlari, shuningdek, yong`in qo`shni uyiga o`tishidan 34 kv. m. maydonda tom qismi zararlangan. Tan jarohati olganlar yo`q. Bu haqda “Xabar.uz” ma`lum qildi.






