AQSh va Yaponiya mudofaa vazirilari Djeyms Mettis hamda Isunori Onodera telefon orqali bo`lgan muloqotda KXDR ga bosim o`tgazish maqsadida Pxenyanning yo`nalishini o`zgartirishni muhokama qildilar, deya xabar berdi Ria.ru nashri.
“ Mettis va Onodere Shimoliy Koreyaning noqonuniy va ma`suliyatsiz xatti-harakatlarini tanqid qilishdi. Ular shimoliy Koreyaning yo`nalishini o`zgartirish maqsadida unga bosim o`tkazish zarurligini, provokasion va tahdid soluvchi xatti-harakatlardan tiyilishni va shu bilan yadroviy va raketa dasturlaridan voz kechish bo`yicha strategik qaror qabul qilishni kerakligini aytib o`tishdi.
Vazirlar KXDR ga bosim o`tkazishda xalqaro qo`llab-quvatlash va ko`p millatli sheriklar bilan hamkorlik qilish kerakligini ta`kidlashdi.
Muzokara vaqtida AQSh va Yaponiya mudofaa vazirlarining bayonoti, KXDR va Janubiy Koreya delegasiyalari o`rtasida aloqalarni yaxshilash va shimoliy koreyalik sportchilarning Pxyonchxanda o`tkaziladigan Olimpiyadadagi ishtiroki masalalari ham muhokama etildi.






