AsosiyDunyo

TRAMPNING TIBBIY KO`RIK DASTURIGA PSIXIATR KIRITILMAYDI

'TRAMPNING TIBBIY KO`RIK DASTURIGA PSIXIATR  KIRITILMAYDI  'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trampning xar yili o`tkaziladigan an`anaviy tibbiy ko`rik dasturiga psixiatr ko`rigidan o`tish kiritilmaydi, deya xabar berdi Oq uy matbuot kotibining o`rinbosari Xogan Gidli. Bu haqda Ria.ru nashri yozdi.

Donald Trampning siyosiy raqiblari hamisha uning ruhiy beqarorligi va shuning uchun ham u davlat rahbari bo`lolmasligi xaqida aytib kelishadi. Amerika psixiatriya assosiasiyasi qonunlari mutaxassislarga shaxsan o`zlari ko`rikdan o`tkazmagan davlat arboblari xaqidagi ma`lumotlarni oshkora aytishni taqiqlasa ham, vaqti- vaqti bilan uning raqiblari psixiatrlar fikrlarini misol tariqasida keltirib o`tishadi.

Bunga Trampning Twitter sahifasidagi keskin va his-hayajonga to`la so`zlari asos bo`lib xizmat qilmoqda. Masalan , Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning ish stolida “yadroviy tugma”“ borligi haqidagi so`zlariga javoban Tramp unda xam shunday tugma mavjudligi va uning tugmasi ancha kattaroqligini aytib o`tgani misol bo`ladi.

Sal ilgari AQSh prezidenti Donald Trampning o`zini “Daho” deb e`lon qilgani haqida ma`lumot bergan edik.

    Boshqa yangiliklar