Firibgarligi uchun muqaddam bir necha marotaba sudlangan qirg`izistonlik fuqaro og`ir kasal bolalarning ota-onalariga farzandlarini chet elda davolatishga va`da berib, ularni aldab pul undirgan, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
O`tkazilgan operativ-qidiruv ishlar natijasida bu jinoyatni muqaddam bir necha marotaba sudlangan, ayni vaqtda axloq tuzatish koloniyasida etti yillik jazo muddatini o`tayotgan 30 yoshli T.K. amalga oshirgani ma`lum bo`ldi.
Nashrning ma`lumot berishicha, erkak qamoqda bo`la turib telefon orqali umidsizlikga tushgan ota-onalar bilan aloqaga chiqqan va ularga Turkiyada davlatlararo dasturi doirasida yuqori kvalifikasiyali tekin davolanishni taklif qilishda gumon qilinmoqda. Evaziga u fuqarolardan pul, oziq ovqat va boshqa buyumlarni undirgan. Uning tuzog`iga kamida uchta oila tushgan.
Sudlanuvchiga telefondan foydalanish imkoniyatini yaratib bergan axloq tuzatish koloniyasi xodimlari ustidan ham tergov ishlari olib borilmoqda.






