2018 yilning 9 yanvar kuni umumxalq muhokamasiga qo`yilgan, 237 banddan iborat bo`lgan “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasining 26-bandida Prezidentning yangilangan Virtual qabulxonasi haqida so`z boradi.
Unda aholiga onlayn maslahat berish bo`yicha qo`shimcha imkoniyatga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasini joriy etish ta`kidlangan.
Yangilangan Virtual qabulxona 2018 yilning 20 iyuniga qadar Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan to`la shakllantirilishi belgilangan.
Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi dasturiy ta`minoti takomillashtirilib, unda aholiga to`g`ridan-to`g`ri onlayn maslahatlar berish imkoniyati yaratiladi.






