AsosiyJamiyat

KIRISh VIZALARI TARTIBI SODDALAShTIRILADI

'KIRISh VIZALARI TARTIBI SODDALAShTIRILADI 'ning rasmi

O`zbekistonda Xorijdagi hamyurtlar bilan o`zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bu boradagi qarori loyihasi 2018 yil 20 iyulga qadar TIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tayyorlanadi.

Loyihada chet eldagi vatandoshlarga kirish vizalari, O`zbekiston hududida doimiy yashash uchun ruxsat olish, mehnat faoliyati yuritishga lisenziya olish tartiblarini soddalashtirish, xorijda yashayotgan yuqori malakali O`zbekiston fuqarolari va vatandoshlarning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, moliya, ta`lim, sog`liqni saqlash va boshqa ustuvor yo`nalishlardagi islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini rag`batlantirish choralari, mamlakat rivojlanishining ustuvor yo`nalishlarida rahbar va mutaxassis lavozimlariga ochiq tanlovlar e`lon qilish tartibi belgilanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar