AsosiyJamiyat

“O`ZBEKISTON BO`YLAB SAYoHAT QILING” DASTURI DAVOM ETMOQDA!

' “O`ZBEKISTON BO`YLAB SAYoHAT QILING” DASTURI DAVOM ETMOQDA!'ning rasmi

“O`zbekiston bo`ylab sayohat qiling” shiori ostida yoshlarning ichki turizmga qiziqishini oshirish, ularning boy tarix, qadimiy obidalar va madaniy-meros ob`ektlariga sayohatlarini tashkil etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “O`ZBEKISTON BO`YLAB SAYoHAT QILING” dasturi davom etmoqda.

2018 yilning 8 yanvar kuni Kattaqo`rg`on shahri Barkamol avlod markazining 45 nafardan iborat bolajonlar jamoasi Samarqand shahriga tashrif buyurishdi.

Yoshlarning mazkur sayyohatini amalga oshirish jarayonida “O`zbekiston bo`ylab sayohat qiling” doirasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida transport, ovqatlanish shaxobchalarida ko`rsatilgan xizmatlarga 50 foizli chegirmalar taqdim etildi.

tashkil etilgan ushbu sayohat davomida kattaqo`rg`onlik bolajonlar Samarqand shahridagi “Registon” maydoni, “Amir Temur” maqbarasi, “Bibixonim” masjidi, “Ulug`bek rasadxonasi”, “Afrosiyob”, “O`lkashunoslik” muzeyi, “Xo`ja Doniyor” ziyoratgohi va boshqa madaniy meros ob`ektlariga sayohat qilishdi.

Sayyohat qiziqarli va maroqli o`tdi va bolajonlarda katta ijobiy taasurotlar qoldirdi.

    Boshqa yangiliklar