Moskva satira teatrining eng keksa aktyori Mixail Derjavin bugun 10 yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda «AiF» xabar berdi.
Teatr jamoasining aytishicha, xalq artisti, teatr va kino aktyori og`ir xastalik sabab dunyodan ko`z yumgan. Dafn marosimi kuni hali aniq emas.
Derjavin 81 yoshda edi. Aktyorlik karerasini o`tgan asrning 50-yillarida boshlagan. Aktyor tomoshabinlarga ko`plab spektakl va o`nlab kinolardagi ijrosi orqali tanilgan.






