AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA PROPISKA VA PASPORT TIZIMI SODDALAShTIRILADI

'O`ZBEKISTONDA PROPISKA VA PASPORT TIZIMI SODDALAShTIRILADI'ning rasmi

2018 yilning 9 yanvar kuni “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etildi.

Dastur loyihasining 28-bandida Fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro`yxatga qo`yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlarini ta`minlash ko`zda tutilgan.

Shunda mamlakatimiz fuqarolari vaqtincha yoki doimiy propiskasiz ishga qabul qilinadi. Mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma`muriy javobgarligi bekor qilinadi.

Bundan tashqari, doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo`yicha hisobda turmasdan yashaganlik, yashashga yo`l qo`yganlik uchun ma`muriy jazo choralari engillashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar