AsosiyDunyo

2 DAQIQA KIPRIK QOQMAGAN AKTRISA HAMMANI HAYRATGA SOLDI

'2 DAQIQA KIPRIK QOQMAGAN AKTRISA HAMMANI HAYRATGA SOLDI'ning rasmi

Gollivud aktrisasi Jassika Chesteyn Ispaniya televideniesining El Hormiguero ko`rsatuvida 2 daqiqa davomida kiprik qoqmay, barchani hayratga soldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Mazkur videorolik Twitter ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilarining ham hayratiga sabab bo`ldi.

“Ko`zim og`risa ham, hech kim mening rekordimni yangilamasligi uchun ikki daqiqa davomida kiprik qoqmayman”, dedi aktrisa ko`rsatuvning final qismida boshlovchiga.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Chesteynning kiprik qoqqan lahzalarini aniqlashga urinishdi. Ularning ba`zilari aktrisa 24-28 soniya ko`zini yumganligini ma`lum qilgan bo`lsa-da, bu o`z tasdig`ini topmadi. Foydalanuvchilarning ba`zilari esa Jassikaning bunday muvaffaqiyatga erishishiga aktyorlik kasbi sababligini bildirishdi.

Jassika Chesteyn ishtirok etgan ko`rsatuv “Katta o`yin” dasturi premerasiga bag`ishlangan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar