AsosiyJamiyat

“Kichik haj” konsepsiyasi ishlab chiqiladi

'“Kichik haj” konsepsiyasi ishlab chiqiladi'ning rasmi

Ziyorat turizmiga musulmon davlatlardan sayyohlarni jalb qilish maqsadida “Toshkent – Samarqand – Buxoro” yo`nalishi bo`yicha “Kichik haj” konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Joriy yildan boshlab mamlakatimizdagi moddiy madaniy meros ob`ektlarida va ular atrofidagi ob`ektlarda tegishli infratuzilmani shakllantirish, amalga oshiriladigan diniy marosimlar uchun tegishli sharoitlarni yaratish orqali ziyorat turizmini sohaning istiqbolli yo`nalishi sifatida, shu jumladan, musulmon davlatlari uchun “Kichik haj” ziyorat tizimini rivojlantirishga katta e`tibor qaratiladi.

Bu haqda “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasida to`xtalib o`tilgan.

Shu bo`yicha joriy yil 10 fevral kuniga qadar ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjat loyihasida ziyorat turizmi bo`yicha xizmat ko`rsatish ob`ektlari tomonidan qo`llanilishi majburiy bo`lgan standartlarni qabul qilish, sayyohlarni keng jalb qilish uchun zaruriy infratuzilmani shakllantirish, ziyoratchilar uchun xizmat ko`rsatishning maqbul turlarini joriy etish rejalashtiriladi. Yana bir muhim jihati, ziyorat turizmiga musulmon davlatlardan sayyohlarni jalb qilish borasida “Toshkent – Samarqand – Buxoro” yo`nalishi bo`yicha “Kichik haj” konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

    Boshqa yangiliklar