AsosiyJamiyat

Namanganda hokimlar o`rtasida o`q otish bellashuvi bo`lib o`tdi (Foto)

«14 yanvar vatan himoyachilari kuni»ga bag`ishlab, "Vatanparvar" tashkiloti Namangan viloyati Kengashi tomonidan shaxar, tuman xokimlari o`rtasida pnevmatik quroldan o`q otish sport musobaqasi o`tkazildi. Bu haqda "Namnews.uz" nashri ma`lum qildi.

Mazkur musobaqa natijalariga ko`ra 1-o`rinni viloyat xokimi o`rinbosari Paxriddin Matkarimov, 2-o`rin Uchqo`rg`on tuman hokimi Azimjon Vaxobov va 3-o`rinni Yangiqo`rg`on tuman xokimi Asadulla Najmidddinovlar egalladilar. G`oliblarga viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va qimmatbaxo esdalik sovg`alari topshirildi.



Boshqa yangiliklar