11 yanvar kuni tungi vaqtda Rossiyaning Ryazan viloyatida joylashgan Sheremetevo qishlog`idagi uyda 4 nafar O`zbekiston fuqarosi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan, yana biri og`ir ahvolda kasalxonaga etkazilgan. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma`lum qiladi.
Aniqlanishicha, zaharlangan fuqarolarning barchasi rasman mahalliy fermer xo`jaligida mehnat qilgan.
Tashqi ishlar vazirligi hodisa oqibatida halok bo`lganlar ro`yxatini e`lon qildi:
1. Samadov Panji Norsoatovich, 10.05.1966 y.t., Surxondaryo viloyati Denov tumani;
2. Pazilov Urmonjon Numonovich, 22.01.1966 y.t., Andijon viloyati Jalaquduq tumani;
3. Mirzojonov Alijon Yo`ldoshovich, 25.09.1969 y.t., Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani;
4. Hayitov Samat Ilmuratovich, 09.07.1981 y.t., Navoiy viloyati Navbahor tumani.
O`zbekiston fuqarosi Saidov Sherxon Muhammadovich (26.11.1990 y.t., Buxoro viloyati G`ijduvon tumani) Ryajskiy tumani shifoxonasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.
O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari tezkor amaliy yordam ko`rsatish maqsadida Ryazan viloyatiga jo`nab ketishgan.






