O`zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan ayblangan Bo`riev Elyor Ilhom o`g`liga oid jinoyat ishi bo`yicha jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi natijasida sud uning qilmishini o`zi to`la anglamagan holda sodir etgani, muqaddam sudlanmagani, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligi, sodir etgan qilmishining jinoyat ekanini tushunib etmaganini inobatga olib, unga nisbatan qo`llanilgan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq jazoni bekor qildi va sudlanuvchi O`zbekiston yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod etildi. Ota-onasi bag`riga qaytdi.
Toshkent davlat Sharqshunoslik institutini tamomlagan Elyor Xitoy Xalq Respublikasining HENAN universitetiga o`qishga kirgan edi. Muassasada 2016 yilning 10 sentyabridan 2017 yil 30 iyuniga qadar tahsil olib, universitetni a`lo baholarga tugatdi. Xitoy, ispan, rus, ingliz tillarini puxta o`zlashtirdi.
O`zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati va Navoiy shahar kengashi tomonidan uning harakatlari o`rganilib, tahlil qilindi. Natijada E.Bo`rievning ota-onasi ishtirokida o`tgan muhokamadan so`ng uni Yoshlar ittifoqi kafilligiga olishga qaror qilindi.
– Men, avvalo, Prezidentimga o`z minnatdorligimni bildiraman, – deydi Elyor. – O`zimga, bilimimga ishonaman va kelajakda yurtimga nafi tegadigan etuk kadr bo`lishga va`da beraman. Yurtim taraqqiyotiga munosib hissa qo`shishda barcha imkoniyatlarimni ishga solaman.
12.01.2018 17:26
To`rt tilni puxta biladigan yigit sud zalidan ozod etildi






