12 yanvar kuni soat 10:00da O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan poytaxtimizning “Navro`z” istirohat bog`ida “Armiya va yoshlar” deb nomlangan harbiy-vatanparvarlik festivali o`tkazildi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.
Uning dasturidan harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi, harbiy xizmatchilar va jangovar texnikalarning tantanali marsh bilan o`tishi, harbiy orkestrlar va Qurolli Kuchlar Markaziy hamda Ichki ishlar va MXX Chegara qo`shinlari ashula va raqs ansambllari xonandalarining konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning ko`rgazmali chiqishlari, dala oshxonasi faoliyati o`rin olgan.
Shu bilan birga, sog`lom turmush tarzini targ`ib etish maqsadida uzoq masofaga yugurish marafoni o`tkazildi.
Ko`rgazmada 50 tadan ortiq harbiy-texnika, 200 dan ortiq qurol-aslaha namunalari, 600 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.
Shu kuni Toshkent osmonida 6 ta harbiy vertolyot uchib o`tdi.







