AsosiyDunyo

Qo`sh og`izli “mahluq” topildi

'Qo`sh og`izli “mahluq” topildi'ning rasmi

Nahang baliqlarning mazkur turi baliqchilarning to`riga kamdan-kam ilinadi, negaki ular 300 metr suv tubida hayot kechiradilar, deya xabar beradi Tvzvezda.ru nashri.

Tayvanlik baliqchilar Tinch okeanida g`ayrioddiy nahangni tutib olishdi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu nahangni bir paytlar mashhur bo`lgan “Begona” filmidagi qo`sh og`izli mahluq bilan tenglashtirdilar.

Nahanglarning mazkur turi juda kamyob hisoblanib, ular tunda 150 metr suv tubida ovga chiqishadi. Eng qizig`i, ular qorong`ulikda o`zlaridan nur taratishadi.

Mazkur nahang baliq turi ilk bor 1986 yili Yaponiyaning Sikoku orollari sohillarida topilgan.

    Boshqa yangiliklar