AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vazirligi: Propiska butunlay bekor qilinmaydi

'Ichki ishlar vazirligi: Propiska butunlay bekor qilinmaydi'ning rasmi

Toshkent shahrida propiska tartibini butunlay bekor qilish hozircha ko`zda tutilmayapti. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Migrasiya va fyqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqapmaci boshlig`ining birinchi o`rinbosari Ulug`bek Toshxo`jaev O`zAga ma`lum qildi.

– Propiska haqiqatan dolzarb masala bo`lib turibdi. Davlat dasturi loyihasida belgilanganidek, bu borada fuqarolarga zarur qulayliklar yaratiladi. Lekin propiskani butunlay bekor qilolmaymiz. Bunga alohida tayyorgarlik zarur. Barcha hududlarning birdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi bir kun kelib bunga o`z-o`zidan zamin yaratadi, – dedi Ulug`bek Toshxo`jaev.

Xabaringiz bor, 2018.strategy.uz portalida 2018 yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokama uchun taqdim etilgandi. Ma`lumotlarga ko`ra, ayni vaqtda jamoatchilik tomonidan loyihaning 28-bandi (fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro`yxatga qo`yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlarini ta`minlash nazarda tutilgan) eng ko`p muhokama etilib, bu yo`nalishda 120 dan ortiq taklif kelib tushgan.

    Boshqa yangiliklar