AsosiyJamiyat

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga yangi direktor tayinlandi

'Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga yangi direktor tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi buyrug`iga binoan 2018 yilning 13 yanvaridan Amirulla Abdullaev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga direktor etib tayinlandi.

Amirulla Abdullaev Ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimda ishlagan hamda ilm maskanining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan hamda shu kunga qadar boshqarib kelgan Faridon Usmanovning o`rniga direktor etib tayinlandi.

Abdullaev bakalavr darajasini Guliston davlat universitetida hamda magistr darajasini Xirosima universiteti (Yaponiya)da olgan. Turli yillarda u o`qituvchilarni ingliz tili bo`yicha tayyorlash bo`yicha Ukraina, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyada ishlagan.

2002 yildan boshlab u turli oliy o`quv yurtlarida ingliz tili o`qituvchisi sifatida faoliyat ko`rsatib, rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan. 2015 yilning sentyabr oyidan boshlab Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta`lim markazi menejeri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar