AsosiyJamiyat

Yangi o`quv yilida qabul imtihoni qaerda va qanday bo`ladi?

OTMda 2018/2019 yilgi o`quv mavsumida o`tkazilishi belgilangan qabul imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1.Test sinovlari 1 avgustdan 15 avgustga qadar o`tkaziladi.

2.Kirish test sinovlari natijalari test sinovi o`tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb saytida e`lon qilinadi.

3.Test sinovlari Toshkent shahrida «O`zekspomarkaz» Milliy ko`rgazmalar majmuasi pavilonlarida, unga yondosh qo`shimcha yig`ma pavilonlarda, katta sig`imdagi binolarda, viloyatlarda Olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarga tegishli sig`imi katta binolarda o`tkaziladi.

4.Alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san`at, dizayn, tasviriy va amaliy san`at, musiqiy ta`lim, san`atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta`lim yo`nalishlarida test sinovlari bo`lmaydi.

5.Test sinovi o`tkaziladigan binolarga abiturientlarni shaxsni identifikasiyalash vositalari, videofiksasiya qurilmalari, metallodetektorlar orqali kiritilishi, jarayonni yoritish uchun monitorlar o`rnatilishi belgilandi. Abiturientlarning ota-onlari uchun test sinovlarini videokuzatuv orqali onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyatlari yaratiladi.

6.Davlat test markazi xodimlarining soni keskin ko`paytirilgan tuzilmasi qabul qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar