AsosiyDunyo

“Legolas” – 41 yoshda

'“Legolas” – 41 yoshda 'ning rasmi

Bugun 13 yanvar kuni Buyuk Britaniyaning eng mashhur aktyorlaridan biri Orlando Blum 41 yoshni qarshiladi, deb yozmoqda Gazeta.ru haftalik nashri.

Orlando ilk bor sahnaga 16 yoshida qadam qo`ygandi. Keyin esa seriallar va kinofilmlarda ikkinchi darajali rollarni ijro etadi. Blumning chinakam aktyorlik kinokarerasi rejissyor Piter Jeksonning “Uzuklar hukmdori” trilogiyasidan boshlangan – o`shanda Orlando Faramir roli uchun kastingdan o`tishga harakat qiladi, ammo rejissyor bu yosh yigitda elf Legolasning qiyofasini ko`radi. Mazkur trilogiya navqiron aktyorga jahonga mashhurlikni olib keladi, shundan so`ng aktyor bamaylixotir boshqa yirik loyihalarda ishtirok eta boshlaydi: Volfgang Petersenning “Troya”sida Paris, “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasida Uill Tyorner, Ridli Skottning “Samo saltanati”da bosh qahramon temirchi Ibelin rollarini ijro etishga muvaffaq bo`ladi. Amerikalik atoqli adib Tolkienning asari asosida suratga olinib, o`tgan yillari katta ekranlarda namoyish etilgan “Xobbit” trilogiyasida Orlando Blum yana muxlislarining sevimli personaji Legolas roliga qaytdi – garchi asarda bu personaj bo`lmasa-da, Piter Jekson ushbu trilogiyaga “Uzuklar hukmdori”dagi ko`plab qahramonlarni jalb etdi.

    Boshqa yangiliklar