O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 14 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yomg`ir va qor yog`ishi mumkin. Kechasi -2 ... 0 daraja, kunduzi +4 ... +6 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, qor yog`ishi mumkin. Kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -3 ... +2 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, qor va yomg`ir yog`ishi kutiladi. Kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Qarshida kechasi -1 ... +4 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo`ladi. Termizda esa kechasi 0 ... +5, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, qor va yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, yomg`ir va qor yog`ishi mumkin. Kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo`ladi. Nurafshonda esa kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.






