14-yanvar — «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan Maktabgacha ta`lim vazirligida bayram tadbiri bo`lib o`tdi.
Maktabgacha ta`lim vaziri A.Shin yig`ilganlarni ushbu bayram bilan tabriklar ekan, bugungi tinch, xotirjam xayotimiz qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinayotganligini, mana shunday mas`uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo`layotgan o`g`lonlarimizni har qancha e`zozlash lozimligini alohida ta`kidladi.
Marosimning badiiy qismi bolajonlarimiz ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.








