Bugun, 13 yanvar kuni taxminan soat 12:23da mashinalarga shinalar sotadigan savdo do`konida yong`in chiqqanligi haqida ma`lum bo`ldi.
Yong`in xavfsizligi xodimlarining tezkor tadbiri natijasida tezkor guruh vakillari voqea joyiga etib borishgan va falokatning oldini olishga muvaffaq bo`lishdi.
Tezkor guruh “Omar” MChJga tegishli do`konda chiqqan yong`inni, soat 12:38da to`liq bartaraf etishga erishgan.
5 kv. metr maydonni qamrab olgan yong`in natijasida, avtomashinalarning eski shinalari butkul yaroqsiz holga kelgan bo`lib, voqea natijasida jarohatlanganlar qayd etilmagan.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.






