AsosiyDunyo

Yaponiyalik qariya qurolsiz ravishda o`zini ayiqdan himoya qildi

'Yaponiyalik qariya qurolsiz ravishda o`zini ayiqdan himoya qildi 'ning rasmi

Yaponiyaning Yamanasi prefekturasida yashovchi 68 yoshli Xiroxito Miyagva o`ziga hujum qilgan ayiqqa qurolsiz bas kela oldi, deb xabar berdi Uznayvse.ru nashri.

Miyagvaning aytishicha, u dalada ishlayotgan vaqtida ulkan ayiq orqasidan kelib, unga hujum qilgan. Ilgari karate bo`yicha murabbiy bo`lib ishlagan qariya o`zini yo`qotib qo`ymay, ayiqning hujumini qaytardi. U avvaliga ayiqning ko`kragiga, keyin esa qorniga zarba berdi. Bunday kuchli zarbani kutmagan ayiq, ortiga — toqqa qochib ketdi.

Nashrning xabar berishicha, Xansyu orolida joylashgan Yamanasi prefeturasida bunday ulkan, Himolay ayiqlarini ko`plab uchratish mumkin. Ularning bo`yi 150-170 santimetrni, og`irligi esa 140 kilogrammni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar