Sharqiy Xitoy dengizi sohillariga yaqinida Gongkongning “CF Crystal” quruq yuk tashuvchi kemasi Eronning “Mv Sanchi” tankeri bilan to`qnashishi oqibatida portlash yuz berdi, deya xabar bermoqda Tvzvezda nashri.
Eron tankerida 136 tonna neft bo`lib, portlashdan keyin kema cho`kib ketdi, ekipaj a`zolari esa halok bo`lishdi. Tankerda 32 nafar odam bo`lib, ularning 30 nafari Eron fuqarolari, ikki ekipaj a`zosi esa bangladeshlik edi.
“CF Crystal”dagi barcha 21 kishi qutqarildi va Xitoyga olib kelindi.






