Amerikaning Gavayi shtati aholisiga hukumat ballistik raketalar hujumi tahdidi haqidagi xabarni jo`natdi, deb yozmoqda Lenta.ru nashri.
“Ballistik raketalar tahdidi Gavayiga qaratilgan. Darhol pana joy toping. Bu o`quv mashg`uloti emas”, – deyilgan edi xabarda.
Sarosima yarim soatcha davom etdi. Keyin hukumat mutasaddilari raddiya jo`natishdi. Shtat gubernatori Devid Ayj aholidan yolg`on trevoga uchun uzr so`radi va bunday holat boshqa takrorlanmasligi uchun barcha chora-tadbirlar ko`rilishini aytdi. Ma`lum bo`lishicha, favqulodda vaziyatlar agentligi xodimi adashib boshqa tugmani bosib yuborgan ekan.






