Amerika shifokorlari hamkasblari Ronni Jeksondan AQSh prezidenti Donald Trampni nafaqat jismoniy ko`rikdan o`kazishni, balki uning ruhiy sog`lomligiga ham ishonch hosil qilishni talab etishmoqda. Bu haqda Lenta.ru nashri xabar beradi.
Shifokorlarni Trampning tushuniksiz nutqlari, so`zlarni qayta-qayta takrorlashi, so`z boyligining qashshoqligi tashvishga solmoqda. Vrachlar asosan Trampni nevrologik ko`rikdan o`tkazishni va axborotni qay darajada qabul qilishini tekshirib ko`rishni so`rashmoqda.
9 yanvar kuni Trampni milliy madhiyani yoddan bilmaslikda gumon qilishdi. Atlantada bo`lib o`tgan universitet futbol chempionatida prezident davlat madhiyasini kuylayotib tutilib qolaverdi va to xor madhiyani ijro etar ekan, Tramp labini poyintar-soyintar qimirlatib turaverdi.






