AsosiyJamiyat

Denovda 8 tonna osh tayyor bo`ldi (foto)

'Denovda 8 tonna osh tayyor bo`ldi (foto)'ning rasmi

Denov tumanida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram oshini tayyorlash uchun 46 nafar oshpaz tuni bilan mehnat qilib, xalqimizga xos ahillik, pazandalik va bag`rikenglik fazilatlarini keng namoyon etdi.

Toshkent shahridan olib kelingan 8.8 tonnalik ulkan qozonda damlangan palovxonto`ra tushga yaqin keng jamaotchilik ishtirokida harbiy qism askarlari, muruvvat uyi, maktab-internat tarbiyalanuvchilari, bemorlar, nogironlar va ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.

Bayram palovidan Surxondaryo viloyatining turli hududlaridan tashrif buyurgan mehmonlar ham bahramand bo`ldi.

– Xalqimizda ko`pning oshi shirin bo`ladi, degan gap bejiz aytilmagan, – deydi oltinsoylik Umid Normamatov. – Denovda sakkiz tonnalik qozonda bayram oshi tayyorlanayotganini eshitib, kelgan edik. Uning damlanishini miriqib tomosha qildik. Osh pishgach, ta`mini totib ko`rdik. Mazasi og`izda qoladigan juda shirin palov bo`libdi. Barchaga o`ziga xos bayram zavqini ulashgan homiylar va qo`li shirin oshpazlar baraka topishsin. Umrlari uzoq bo`lsin. Yurtimizdagi tinchlik va to`kinlikka ilohim, ko`z tegmasin.

Boshqa yangiliklar