Rossiyaning Perm shahridagi maktablardan biriga niqob kiygan ikki noma`lum shaxs bostirib kirib, maktab o`quvchilari va o`qituvchilarini yaraladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
“Hujum oqibatida 6 kishi — besh nafar o`quvchi va bir o`qituvchi jabrlandi. Ular kasalxonaga yotqizildi. Ayni paytda voqea joyida tez yordam brigadasi ish olib bormoqda.”, deb ma`lumot berdi hududnng xavfsizlik bo`yicha vazirlik matbuot xizmati.
Hujum qilgan noma`lum shaxslar qo`lga olindi. Voqea joyiga o`lka gubernatori, FVV, polisiya vakillari etib kelib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Birinchi qavatda haliyam vahima bo`lyapti. Yaralangan odamlar bor. Maktabda propusk tizimi joriy etilganligi tufayli, noma`lum shaxslar ichkariga kirolmagan. Ular hovlida bo`lgan odamlarga pichoq bilan hujum qilishgan”, deb xabar berdi voqea guvohlari.






