Kecha tunda Turkiyaning Trabzon shahrida bortida 160 nafar yo`lovchi bo`lgan samolyot uchish-qo`nish yo`lagidan chiqib ketib, tik jarlikdan sirg`anib, pastga osilib qoldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
OAVlarda chop etilgan fotosuratlardan samolyot butunlay pastga qulamasdan Qora dengiz bo`yidagi jarlik yoqasida osilib turganligini ko`rish mumkin. Voqea Pegasus aviakompaniyasining Boeing 737-800 rusumli samolyoti qo`nayotganda yuz berdi. Samolyot bortida bo`lgan 162 nafar yo`lovchi evakuasiya qilindi. Jabrlanganlar yo`q. Qutqaruv xizmati xodimlari yong`in o`choqlarini o`chirishdi. Favqulodda vaziyat sabablari o`rganilmoqda.