O`zbekistonda jurnalistlarni tayyorlashda Hindiston tajribasidan foydalaniladi

Jamiyat 15.01.2018, 14:11
O`zbekistonda jurnalistlarni tayyorlashda Hindiston tajribasidan foydalaniladi

Bugun, 15 yanvar kuni O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti vakillari Hindiston ommaviy kommunikasiya institutiga (Indian institute of mass communication) tashrif buyurdi.

Safardan ko`zlangan maqsad jurnalistika sohasida Hindistonda etakchi oliy talim muassasasi – Ommaviy kommunikasiya instituti (Indian institute of mass communication) bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatishdan iborat.

Uchrashuvlarda tomonlar talaba va o`qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy anjumanlar tashkil etish, ilmiy tadqiqot ishlarini yo`lga qo`yish va shu kabi foydali hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib oldilar.

Safar davomida ikki mamlakat oliy ta`lim muassasalari o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda jurnalistika ta`limi sohasida xorijiy tajribani o`rganish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yosh jurnalistlarning chet tillarini mukammal o`rganish masalalariga alohida to`xtalgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1