Orzu qilish har bir insonga xos xususiyatdir, deb yozdi Adme.ru nashri.
Orzu-niyatning katta-kichigi, o`ta muhimi yoki keraksizi bo`lmaydi. Ba`zida esa ular keraksiz mashg`ulotday tuyuladi. Quyida sizni, ertami-kechmi, barcha orzu-niyatlarini amalga oshirgan insonlar bilan tanishtiramiz.
«Taksi» filmidagi mashinani yaratib, film qahramonini sayr qildirgan haydovchi
Taksi haydovchisi bo`lgan fransiyalik yigit sevimli «Taksi» filmidagi avtomobilni yaratishni va unda film qahramoni — aktyor Sami Nosiriyni sayr qildirishni orzu qilardi. 2017 yilda o`tkazilgan festival vaqtida undan aeroportda chet ellik mashhur insonlar — musiqachi Lui Begu va aktyor Sami Nosiriyni kutib olishni taklif qilishdi. Ana shunaqa, oddiy haydovchi endi mashhur bo`lib ketishi turgan gap.
NASAdan ishlash taklifini olgan bola
To`rtinchi sinfda o`qiydigan amerikalik bola NASAning bo`sh ish o`rinlariga e`tibor qaratib, sayyoralarni himoya qiluvchi zobit vazifasida haqiqiy Galaktika qo`riqchisiga aylanishni niyat qildi va NASAga maktub yo`lladi. NASA direktorlaridan biri bolaning xatiga e`tibor qaratib, unga maktabda a`lo baholarga o`qishni tavsiya qildi va shundan keyingina NASAning to`laqonli a`zosiga aylanishini ma`lum qildi. Nima ham derdik, bolakayga maqsadidan og`ishmay, olg`a intilishini tilab qolamiz.
Toqqa chiqmasang do`lana qayda…
Akademik eshkak eshish bo`yicha ikki karra Olimpiada chempioni, britaniyalik eshkakchi Aleks Gregori Arktika safarida 1000 kilometrni mukammal bosib o`tganidan so`ng uning qo`llari shu ahvolga tushdi.
«Kelajakka qaytgan» orzumand bolakay
«Kelajakka qaytib» filmining muxlisi bo`lgan olti yashar bolakayning onasi o`g`lining tug`ilgan kuniga sovg`a – afsonaviy avtoni ko`rsatish uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali DeLorean mashinalari sohiblariga murojaat qildi. Syurpriz amalga oshdi: tug`ilgan kunda ikki vatomobil va Dok bilan Marti rollarini o`ynagan artistlar paydo bo`ldi.
Birgina iltimos bilan orzusi amalga oshgan qiz
Uchuvchilarning kabinasiga kirishni orzu qilgan qiz reys paytida styuardlardan uchuvchilar kabinasiga bosh suqishga ruxsat so`radi. Samolyot kapitani izni bilan qiz nafaqat shturvalni ushladi, balki ekipaj bilan esdalikka suratga tushdi.
Lotoreya chiptasi va milliard dollar
Og`ir ishini tashlab, maza qilib dam olishni orzu qilgan hamshira ko`pincha lotoreya chiptalarini sotib olardi. Galdagi navbatchilikdan uyga qaytishga chog`langan ayol o`yinning oxirgi namoyishini ko`rib qoladi va qo`lidagi chipta unga qariyb milliard dollar yutuq keltirganiga o`zi ham ishonmaydi.
Afrika va tuyaqush shaydosi
Bolaligidan «Robinzonlarning shveysariyacha oilasi» kitobiga mehr qo`ygan bu odam voyaga etgach, Afrikaga borib, haqiqiy tuyaqushni egarlashini ko`p tasavvur qilardi. Yaqinda u o`z orzusiga erishdi.