AsosiyJamiyat

Birinchi Prezidentning shaxsiy shifokori xotiralari

'Birinchi Prezidentning shaxsiy shifokori xotiralari 'ning rasmi

Islom Karimov shaxsiy shifokorining «Nega bizda valyuta konvertasiyasi yo`q?» degan savoliga qanday javob bergan?

O`zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi arafasida O`zbekiston Milliy axborot agentligi (O`zA) muxbiri Prezidentning shaxsiy shifokori, Toshkent tibbiyot akademiyasi anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi professori, Respublika shoshilinch tibbiy yordam o`quv markazi direktori Vyacheslav Avakov bilan suhbatlashdi.

Avakovning so`zlariga ko`ra, u bir safar nega O`zbekistonda konvertasiya yo`qligi haqida Birinchi Prezidentga savol bergan va uning javobidan «lol qolgan».

So`nggi o`n yilda biz nafaqat Prezident va shifokor sifatida, balki do`st, aka-uka sifatida muloqot qilardik. Ba`zan xalqning hayoti, yashash tarzi, ahvoli, kayfiyati haqida so`rar, men u kishiga «Bir marta do`konlarimizni borib ko`ring, hamma narsa bor. Shahar va qishloqlarimizni ko`ring» derdim.

Bir safar «Islom Abdug`anievich, nega bizda konvertasiya yo`q? Axir boshqa davlatlarda bor-ku!» deb savol berdim. U shunday oddiy va aniq javob berdi-ki, lol qoldim.

O`shanda «Bilasanmi, bir kun kelib konvertasiya ham bo`ladi. Hozir bizning iqtisodiyotimizda muammolar ko`p. Zavod-fabrikalar qurishimiz kerak. Uning uchun eng zamonaviy uskunalar kerak. Uskunalar esa chetdan valyutada keltiriladi. Agar konvertasiyani yo`lga qo`ysak, biz valyutani maishiy, mayda-chuyda narsalarga ishlatib yuboramiz. Biz valyutani zavod va fabrikalarga sarflashimiz va iqtisodiyotimizni ko`tarib olishimiz kerak» degandi.

Islom Karimov oqilona va uzoqni o`ylab ish yuritadigan buyuk inson edi. Mamlakatimizni eng og`ir damlarda ham oyoqqa turib olishida, iqtisodiyotimizning rivojlanishida, xalqning tinch-osoyishta va farovon hayot kechirishida Birinchi Prezidentimizning hissasi katta.

Vyacheslav Avakov, Islom Karimovning shaxsiy shifokori

    Boshqa yangiliklar