1

Bugundan Farg`ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida analog formatdagi teledasturlar efiri to`liq to`xtatiladi

Jamiyat 15.01.2018, 15:23
Bugundan Farg`ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida analog formatdagi teledasturlar efiri to`liq to`xtatiladi

2018 yilda respublikada analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to`xtatish rejalashtirilgan. Bu bo`yicha Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi “Raqamli teleeshittirishlarga o`tish va er usti analog teleeshittirishlarni to`xtatishga doir amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilingan.

“Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” davlat unitar korxonasining xabar berishicha, qarorga asosan, joriy yilning 15 yanvaridan Farg`ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida analog formatdagi teledasturlar efiri to`liq to`xtatiladi.

Respublikaning qolgan hududlarida qachondan analog formatdagi teledasturlar efiri to`xtatilishi muddatlari bilan quyida tanishish mumkin:

Sirdaryo viloyatida 15 apreldan

Jizzax viloyatida 15 maydan

Samarqand viloyatida 1 iyundan

Buxoro viloyatida 15 iyundan

Navoiy viloyatida 15 iyundan

Xorazm viloyatida 1 iyuldan

Toshkent shahrida 15 iyuldan

Qoraqalpog`iston Respublikasida 10 sentyabrdan

Surxondaryo viloyatida 5 noyabrdan

Qashqadaryo viloyatida 5 dekabrdan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1