AsosiyDunyo

DUNYoNING NOYoB QOBILIYaTLI ODAMLARI

'DUNYoNING NOYoB QOBILIYaTLI ODAMLARI'ning rasmi

Aleks Lenkey

Buyuk britaniyalik Aleks Lenkey 16 yoshdan beri gipnoz bilan shug`ullanib keladi. U osteoartrit xastaligi tufayli operasiya qilinayotganda og`riq qoldiruvchi dori-darmonlarni qabul qilishdan voz kechib, jarrohlik operasiyasi o`tkazilayotgan vaqtda o`zini gipnozlab qo`ydi. 83 daqiqa davom etgan operasiya vaqtida gipnozchining bilagini yorishdi, yong`oqdek keladigan suyakni olib tashlashdi, qolaversa, bemorning paylarida murakkab operasiya amaliyotini o`tkazishdi. O`zining aytishiga ko`ra, operasiya vaqtida jarroh nimalar deganini, suyagini arralashayotganini eshitgan, lekin hech qanday og`riq sezmagan.

Aleksu Lenkeyning gipnoz ostida churrasini ham olib tashlashgan, bir safar Aleks qo`lini sindirib olgan o`g`lini ham gipnoz qilib, og`riqni kamaytirgan.

Yosiro Nakamasu

Nafaqat Amerikaning IBM kompaniyasidan 20 yil avval mashhur floppi-disklarini yaratgan, balki ixtirolarini 3,3 mingtaga etkazib ixtirochi-rekordchiga aylangan bu yaponni yaponlarning Tomas Edisoni, telba olim, tarixdagi besh eng buyuk ixtirochilardan biri, deb atashadi.

Ixtirochilik jarayoniga bu g`aroyib yapon falsafiy yondoshadi: har bir yangi asarni yaratishga besh qavatli ibodatxona deb qaraydi. Birinchi qavatida qalb quvvati joylashgan, axir, aynan shu kuch ixtirochini og`ir yo`ldan olib o`tadi. Ikkinchi qavatda sog`lom vujud bo`lishi kerak. Uchinchisi – ta`lim, o`qib-o`rganish. Shu bilan birga, doktor Nakamasu ta`kidlashicha, chinakam ixtirochi texnik va gumanitar fanlarga mukkasidan sho`ng`ishi lozim. Keyingi o`rinda eksperiment o`tkaza olish va albatta, iqtidor.

Jonatan Li Riches

Jonatan Li Riches – elektron aloqa vositalarini ishlatishda firibgarlik qilish aybi bo`yicha Kentukki shahrining Federal qamoqxonasi mahbusidir, qolaversa, Amerika tuman sudlariga bir kishi tomonidan turli asoslar bo`yicha da`vo qo`zgatish bo`yicha rekordchidir.

2006 yilning boshida Jonatan sudga ilk bora o`z da`vosi bilan keladi va kelgusi etti yil ichida sudga ikki yarim mingdan ziyod marta arz qiladi. Faol fuqarolik pozisiyasi uchun u tarixdagi eng bahsli shaxs sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiradi. Keyinchalik o`ziga ishonchi ortgan Jonatan Ginneslar kitobi ustidan ham arz qiladi. 2012 yili u yangi da`vo bilan sudga keladi. Bu safar reper Kane Uest va aktrisa Kim Kardashyanni terrorizmda ayblaydi.


Amu Xoji

60 yil davomida yuvinmagan eronlik Amu Xoji Ginnesning rekordlar kitobiga aksilmuvaffaqiyatga erishgan rekordchi sifatida yozildi. Shuncha yil mobaynida u biron marta ham dushga yoki hammomda cho`milmagan, umuman, suvga yaqinlashmagan.

Xoji Eronning janubidagi Fors viloyatiga yaqin bo`lgan Dijoh qishlog`i atrofidagi erto`la uyda yashaydi. Qishda turarjoyi chidab bo`lmas darajada sovuq bo`lganda, u mahalliy aholi g`ishtdan qurib bergan kulbasiga o`tadi.

Amu yoshligida yuvinishdan voz kechgan. O`zining aytishicha, gigienik amallarni bajarishdan bosh tortganining sababi emosional omadsizliklar va ruhiy shikastdir. Eni u suvdan qo`rqadi. Hatto agar qo`lini yuvsa ham kasal bo`lib qolishidan vahimaga tushadi.

Jeyk Shellenschlyager

Baltimordagi 14 yoshli o`rta maxsus maktab o`quvchisi Jeyk Shellenschlyager qolgan sakkizinchi sinf bolalaridan farq qilmaydi. Lekin o`smir sportzalda chinakam atletga aylanadi. Jeyk 2 yildan ziyod vaqtdan beri pauerlifting bilan shug`ullanadi. Hozirda Jeyk o`z tana vaznidan ikki barobar og`ir vaznni ko`tara oladi.

Pauerliftingning ko`plab muhlislari o`smirning bu qobiliyatidan tong qolishgan. Ushbu og`ir sport turida muvaffaqiyatga erishish uchun bolakay har kuni sportzalda bir necha soat bo`ladi: shtanga, girya ko`taradi, turnikda osiladi va h.k. Jeyk 300 funt (136 kilogramm) shtangani ko`tarib, o`zining shaxsiy rekord iva jahon rekordini yangiladi. Bu vazn Jeykning tana vaznidan sal kam uch barobar ko`p. Uning yoshida bu ko`rsatkich misli ko`rilmagandir.

FRESHER.RU NAShRI

    Boshqa yangiliklar