AsosiyJamiyat

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

'IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

Tayinlovlar natijasida bitta vazir o`rinbosari va 4 ta yangi boshqarma boshlig`i o`z vazifalarini bajarishga kirishdilar. Bu haqda Uznews.uz ma`lum qildi.

Podpolkovnik Baltaniyazov Rustem Toxtarbaevich Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o`rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida ish boshladi.

Polkovnik Atabaev Muhammadjon Amangaldievich – Xorazm viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosari – Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Podpolkovnik Safarov Erkin Nasilloevich – Buxoro viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosari – Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig`i lavozimida, Podpolkovnik Zubaydullaev Mirzoxon Fayozovich esa – Samarqand viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosari – Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig`i lavozimida o`z ish faoliyatlarni boshlashdi.

Bundan tashqari Podpolkovnik Saidxo`jaev Azizxon Sobirovich – Qashqadaryo viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosari – Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga o`tdi.

    Boshqa yangiliklar